Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 5-moddasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: yongʻin xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi; yongʻin xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; (5-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) yongʻin xavfsizligi sohasida moliyaviy, moddiy-texnika taʼminotini va resurslar bilan taʼminlashni amalga oshiradi; davlat ehtiyojlari uchun yongʻin-texnik mahsulotining nomenklaturasini, uni yetkazib berish hajmlarini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 4. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
Keyingi modda →
Modda 6. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
Qoʻshni moddalar
- 1 ·Ushbu Qonunning maqsadi
- 2 ·Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
- 3Asosiy tushunchalar
- 4Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
- 6Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
- 7Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 8Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 9 ·Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.