Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 6-moddasi

Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari

Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi). (6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Favqulodda vaziyatlar vazirligi: (6-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi; (6-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini yongʻinni oʻchirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; yongʻinlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sogʻligʻiga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo boʻlishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turadi; (6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi OʻRQ-1136-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1136/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul) yongʻinlarni oʻchirishni, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi; barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi; (6-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; (6-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) davlat yongʻin nazoratini amalga oshiradi; yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obyektlarni qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini koʻrib chiqadi; qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; yongʻin xavfsizligi sohasida yongʻinga qarshi targʻibotni, oʻqitishni va axborot bilan taʼminlashni amalga oshiradi; yongʻin xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan taʼminlanishini muvofiqlashtiradi; yongʻin xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirish va litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi; (6-modda ikkinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart) yongʻinlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yongʻinlarning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi. (6-modda ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.