Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 7-moddasi

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) oʻz vakolatlari doirasida: yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi; (7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi; yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi; yongʻin nazoratini tashkil etadi; yongʻin xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi; davlat ehtiyojlari uchun yongʻin-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va hajmlarini belgilaydi; yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi; aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat obyektlarida hamda boshqa obyektlarda, hududlar va kommunikatsiyalarda yongʻinlar oʻchirilishini tashkil etadi. Vakolatli organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.