Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 3-moddasi
Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: yongʻin — odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish; yongʻin nazorati — yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat; yongʻinlar profilaktikasi — yongʻinlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui; yongʻindan saqlash xizmati — odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish, shuningdek obyektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui; yongʻin xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi holati; yongʻin xavfsizligi talablari — yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar; (3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi — yongʻin xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik; yongʻin-texnik mahsuloti — yongʻin xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish texnikasi va asbob-uskunalari, yongʻinni oʻchirish aslaha-anjomlari, olovni oʻchirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishning boshqa vositalari; yongʻinga qarshi rejim — yongʻin xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yongʻinlar oʻchirilishini taʼminlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi; yongʻinga qarshi alohida rejim — yongʻin xavfi yuqori boʻlgan davrda muayyan hududlarda qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligining qoʻshimcha talablarini belgilash. (3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni profilaktika qilish hamda bartaraf etish, shuningdek qutqaruv ishlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan boʻlinmasi; (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 2. Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Keyingi modda →
Modda 4. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
Qoʻshni moddalar
- 1 ·Ushbu Qonunning maqsadi
- 2 ·Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
- 4Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
- 5Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
- 6Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
- 7Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.