Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 22-moddasi
Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli taʼlim muassasalari amalga oshiradi. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, tashkilotlarning mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. (22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlashni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. (22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 21. Yongʻinga qarshi alohida rejim
Keyingi modda →
Modda 23. Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
Qoʻshni moddalar
- 18Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
- 19Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
- 20 ·Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
- 21 ·Yongʻinga qarshi alohida rejim
- 23 ·Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
- 24 ·Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
- 25Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
- 26Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.