Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 8-moddasi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari bazaviy stavka va koeffitsiyentlardan iboratdir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tarifining bazaviy stavkasi barcha ish beruvchilar va sugʻurtalovchilar uchun yagonadir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining xavflilik darajasiga bogʻliq holda belgilanadi. Sugʻurtalovchi ushbu Qonunga muvofiq belgilanganidan farq qiladigan bazaviy stavkani va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlarini qoʻllashga haqli emas.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.