Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 6-moddasi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi. (6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun ish beruvchining yozma yoki elektron shakldagi arizasi asos boʻladi. (6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchining faoliyati bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiriladigan boʻlsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi mazkur faoliyatni amalga oshiradigan muddat uchun tuziladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.