Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 7-moddasi
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarini tartibga solish
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining eng yuqori darajalarini, sugʻurta tariflarining tuzilishini va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini belgilashda mazkur tariflarning sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllanilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha belgilangan sugʻurta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas. Sugʻurta tariflari darajalarining oʻzgarishi ish beruvchi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlanishi sanasida amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofoti miqdori shartnomaning amal qilish muddati ichida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 6. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
Keyingi modda →
Modda 8. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari
Qoʻshni moddalar
- 3Asosiy tushunchalar
- 4 ·Ish beruvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati
- 5Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti va subyektlari
- 6Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
- 8Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari
- 9 ·Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasini belgilash
- 10Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi
- 11 ·Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.