Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 3-moddasi
Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi — aholi sogʻligʻining holati boʻlib, bunda insonga yashash muhiti omillarining zararli taʼsiri mavjud boʻlmaydi va uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar taʼminlanadi; davlat sanitariya nazorati — aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga doir faoliyat; (3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) insonning yashash muhiti — insonning hayot faoliyati shart-sharoitlarini belgilaydigan obyektlar, hodisalar va atrof-muhit omillari majmui; sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar — yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining hamda tarqalishining oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, maʼmuriy, muhandislik-texnik, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar; sanitariya-epidemiologik vaziyat — aholi yashayotgan muhitining va sogʻligʻining muayyan hududdagi, koʻrsatilgan aniq vaqtdagi holati; sanitariya-epidemiologiya xizmati — aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari va tashkilotlarini oʻz ichiga olgan yagona tizim; (3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) cheklovchi tadbirlar (karantin) — yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan maʼmuriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar; yuqumli va parazitar kasalliklar — insonga u yashayotgan muhitning biologik omillari taʼsir koʻrsatishi hamda kasallikka chalingan insondan yoki hayvondan sogʻlom insonga kasallik yuqishi mumkinligi sababli paydo boʻladigan va tarqaladigan inson kasalliklari.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 2. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Keyingi modda →
Modda 4. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Qoʻshni moddalar
- 1 ·Ushbu Qonunning maqsadi
- 2 ·Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
- 4Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
- 5Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
- 6Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
- 7Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.