VM qarori № 712, 48-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 6-ILOVA
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
Naryadning shakli va uni toʻldirish boʻyicha koʻrsatmalar (Naryadning old tomoni) Korxona_________________________ Boʻlinma_________________________ Elektr qurilmalarida ishlash uchun ___ -son naryad-ijozat Ish uchun javobgar rahbar ____________________________ ijozat beruvchi _____________________________ ish bajaruvchi ______________________________________ kuzatuvchi_______________________________ga brigada aʼzolari bilan________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ topshiriladi: ________________________________________________________________________________ Ishlar boshlansin: sana ___________________ vaqti __________________ Ishlar tugatilsin: sana ___________________ vaqti __________________ Ishlar bajarilsin: kuchlanish olinganda; kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida; kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda (keraklisi ostiga chizilsin). 1-jadval Ish joyini tayyorlash boʻyicha choralar
| Tarmoqdan uzilishi va yerga ulagichlar oʻrnatilishi lozim boʻlgan elektr qurilmalarining nomi | Nima tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich qayerga oʻrnatilishi kerak |
| 1 | 2 |
Alohida koʻrsatmalar__________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ Naryadni berdi: sana_____________ vaqti_____________ imzo___________ familiyasi___________________ Naryad muddati gacha uzaytirildi: sana___________ vaqti _________ Imzo________ familiyasi__________________ sana_______vaqti________ 2-jadval Ishga ijozat berishga ruxsat berish
| Ish joyini tayyorlashga va ishga ijozat berishga ruxsat oldim | Sana, vaqti | Kimdan olindi (familiyasi, lavozimi) | Ijozat beruvchi (imzo) |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
(Naryadning orqa tomoni) Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi:____________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ Ijozat beruvchi __________________ Ish uchun javobgar rahbar _______________________________________
| (imzo) | (imzo) |
3-jadval Kundalik ijozat berish va ishning tugashi
| Brigadaga yoʻl-yoʻriq berildi va tayyorlangan ish joyida ishlashga ijozat berildi | Ish tugadi, brigada ish joyidan chiqarildi | |||||
| Ish joylarining nomi | Sana, vaqti | Imzolar | Sana, vaqti | Brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olingani haqida xabar berildi (kimga) | Ish bajaruvchi (imzo) | |
| Ijozat beruvchi | Ish bajaruvchi | |||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
4-jadval Brigada tarkibidagi oʻzgarishlar
| Brigada tarkibiga kiritildi | Brigada tarkibidan chiqarildi | Sana, vaqti | Ruxsat berildi (imzo) |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
Ish butunlay tugatildi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olindi _________________________________________ ga xabar berildi. (lavozimi, familiyasi) Sana____________ vaqti____________Ish bajaruvchi________________ (imzo) Ish uchun javobgar rahbar ____________________________ (imzo) Naryadni toʻldirish boʻyicha koʻrsatmalar 1. Naryaddagi yozuvlar tushunarli boʻlishi shart. Naryad matniga tuzatishlar kiritish man qilinadi. 2. Naryadlarni raqamlash tizimi korxonaning elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi. 3. Jadvalning toʻldirilmaydigan kataklariga “Z” belgisini qoʻyish, qatorlarga esa chiziq tortish kerak. 4. “Sana” satriga yozilayotganda avval kun, keyin oy va soʻngida yilning oxirgi ikki soni koʻrsatiladi, masalan, 02.11.13, 24.04.13. 5. Naryadda koʻrsatilayotgan shaxslarning familiyalaridan tashqari, ularning ismi, otasining ismi hamda ijozat beruvchi, masʼul javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi va brigada aʼzolarining elektr xavfsizligi boʻyicha guruhi ham yoziladi. 6. Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarning, jihozlarning dispetcherlik nomlanishi koʻrsatilishi lozim. Naryadning old tomoni 7. “Boʻlinma” satrida korxonaning elektr qurilmasida ish olib borishi lozim boʻlgan tarkibiy boʻlimi (sexi, xizmati, uchastkasi) koʻrsatiladi. 8. Agar ishlarning masʼul javobgar rahbarsiz bajarilishi koʻzda tutilgan boʻlsa, “Ish uchun javobgar rahbar” satrida “Tayinlanmaydi” deb koʻrsatiladi. “Ijozat beruvchi” satrida tezkor xodimlar jumlasidan boʻlgan ijozat beruvchining familiyasi koʻrsatiladi. “Brigada aʼzolari bilan” satrida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchidan tashqari barcha brigada aʼzolarining hammasi familiyalari koʻrsatiladi. Familiyalar bosh kelishikda yoziladi. Satrlar yetishmagan hollarda, naryad beruvchi shaxs tomonidan imzolangan brigada aʼzolarining roʻyxati naryadga ilova qilinishi va bu haqda oxirgi satrda “Qoʻshimcha roʻyxatga qarang” deb yozib qoʻyilishi lozim. 9. “Topshiriladi” satrida: ish bajariladigan joydagi elektr qurilmasining va ulanmalarning nomi, ishning mazmuni koʻrsatiladi; HL uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak boʻlgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib raqami koʻrsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oraligʻida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar oraligʻidagi simlarda ishlash), shuningdek, ishning mazmuni koʻrsatiladi. Koʻp zanjirli HL uchun, shuningdek, zanjirning nomi, fazama-faza taʼmirlashda esa tyanchlarda fazalarning joylashishi koʻrsatiladi. 10. “Ish tugatilsin” satrida ushbu naryad boʻyicha ishni tugatish sanasi hamda vaqti koʻrsatiladi (barcha ishlar qachon batamom tugashidan qatʼi nazar). 11. Podstansiyalar elektr qurilmalarida va KLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar koʻrsatiladi: 1-ustunda-tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich oʻrnatilishi zarur boʻlgan elektr qurilmalarining nomi; 2-ustunda oʻchirilishi zarur boʻlgan kommutatsiya apparatlari va yerga ulagichlar hamda toʻsiqlar oʻrnatilishi zarur boʻlgan joylar. 12. HL da ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar koʻrsatiladi: 1-ustunda naryadning “topshiriladi” satriga yozilgan liniyalar, zanjirlar va simlarning nomi hamda taʼmirlanayotgan HL yoki zanjirdagi ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda oʻchirilishi va yerga ulagich oʻrnatilishi zarur boʻlgan boshqa HL yoki zanjirning nomi; 2- ustunda ijozat beruvchi tomonidan oʻchiriladigan va yerga ulagich oʻrnatiladigan HL uchun TQda va HLning oʻzida oʻchiriladigan kommutatsiya apparatlarining nomi va yerga ulagichlar oʻrnatilishi zarur boʻlgan joylar. Agar yerga ulagichlar tayanchlarga oʻrnatiladigan boʻlsa, tayanchlarning tartib raqami koʻrsatilishi lozim. Ushbu ustunda, shuningdek, mazkur Qoidalarga 9-ilovadagi 42 — 45, 48, 50, 51-bandlarga muvofiq ish joyida simlar va troslarga yerga ulagich oʻrnatilishi shart boʻlgan tayanchlarning tartib raqamlari yoki tayanchlar oraligʻi koʻrsatilishi kerak. Agar naryad berish paytida yerga ulagich oʻrnatilishi lozim boʻlgan joyni aniqlash mumkin boʻlmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilishini talab qilsa, ushbu ustunda “ish joylarida yerga ulagich oʻrnatilsin” deb koʻrsatiladi. 2-ustunda, shuningdek, taʼmirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan oʻggan havo elektr uzatish tarmogʻiga oʻrnatilishi kerak boʻlgan yerga ulagichlarning joyi ham koʻrsatilishi kerak. Agar ushbu HL boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning “Alohida koʻrsatmalar” satrida boshqa korxona xodimlari tomonidan oʻrnatilgan yerga ulagichni tekshirish zarurligi koʻrsatilishi kerak. 13. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak boʻlgan tarmoqdan oʻchirishlar kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻlik boʻlgan qayta ulashlar (masalan, ulanmani bir shina tizimidan, boshqa shinalar tizimiga oʻtkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga oʻtkazish va boshqalar) jadvalga kiritilmaydi. Ish joyini tayyorlash boʻyicha tezkor taʼmirlovchi xodimlar jumlasidan boʻlgan ijozat beruvchi tomonidan bajariladigan elektr qurilmalaridagi barcha operatsiyalarni hamda ish joylarini tayyorlash boʻyicha boshqa choralarni (masalan, kuchlanish yoʻqligini tekshirish, tok oʻtkazuvchi qismlarga toʻsiqlar oʻrnatish va boshqalar) elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan tezkor oʻchirib-ulash ishlari boʻyicha maxalliy yoʻriqnomalarga muvofiq 1-jadvalga kiritish mumkin. 14. Ishga ijozat berish uchun tarmoqdan oʻchirish va yerga ulagichlar oʻrnatish talab qilinmaydigan naryadlarda 1-jadvalning 1-ustuniga “Tarmoqdan uzmasdan va yerga ulagichlarni oʻrnatmasdan” deb yozib qoʻyiladi. 15. Agar 1-jadvaldagi satrlar soni ish joyini tayyorlash boʻyicha barcha choralarni koʻrish uchun yetarli boʻlmasa, unda naryadga naryad beruvchining imzosi bilan qoʻshimcha jadval ilova qilishga ruxsat etiladi va bu haqda asosiy jadvalning oxirgi satriga “qoʻshimcha roʻyxatga qaralsin” deb yozib qoʻyilishi kerak. 16. “Alohida koʻrsatmalar” satrlarida quyidagilar qayd etiladi: javobgar rahbarning uzluksiz nazorati ostida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 62-bandi); yerga ulagichni vaqtincha olishga ruxsat berish (mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 39-bandi); yuklarni kran bilan bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishda, ishning xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxsni tayinlash (mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandi); mazkur Qoidalarning 46-bandida koʻrsatilgan ishlar bajarilayotgan joydagi taʼmirlanayotgan liniya ustunlari oraligʻidagi kuchlanish ostidagi HL, kuchlanish ostidagi simlar va taʼmirlanayotgan liniyaning troslari; taʼmirlanayotgan liniyaning boshqa HL taʼsirida ilashgan kuchlanish ostida ekanligi haqida koʻrsatma. Naryad beruvchining xohishiga koʻra, ushbu satrlarga bajarilayotgan ish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa koʻrsatmalarni ham yozishga ruxsat etiladi. “Naryad berdi” va “Naryad muddati uzaytirildi” satrlarida naryad beruvchi uni imzolagan vaqtini va sanasini koʻrsatishi zarur. 17. 2-jadval tezkor taʼmirlovchi xodimlardan boʻlgan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini oʻrindoshlik asosida bajarayotgan ish bajaruvchi tomonidan ishlashga birinchi bor ishga ijozat berilganda toʻldiriladi. Taʼmirlanayotgan elektr qurilmasini vaqtincha ulash paytida 2-jadval har bir qayta ishga ijozat berishdan oldin toʻldiriladi. Ishga ijozat berish navbatchi tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek, tezkor taʼmirlash xodimlar jumlasidan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini oʻrindoshlik asosida bajaruvchi ish bajaruvchi tomonidan ishga ijozat berish ish joyiga yetib kelgan zahoti amalga oshiriladigan hollarda 2-jadval toʻldirilmaydi. Naryadning orqa tomoni 18. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlarida ijozat beruvchi taʼmirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qoʻshni ulanmalarning (yoki qoʻshni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlarini koʻrsatadi. Agar bunday qismlar boʻlmasa, ushbu satrlarda “Qolmadi” deb yozilishi lozim. HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan “Alohida koʻrsatmalar” satrida koʻrsatilgan tok oʻtkazuvchi qismlar, zarur boʻlganda esa boshqa tok oʻtkazuvchi qismlar ham yozib qoʻyiladi. Ijozat beruvchi va javobgar rahbar “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlari ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qoʻyadi. 19. 3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish joyidan ikkinchisiga koʻchirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi. Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaxs 3-ustunga imzo qoʻyadi. Mazkur Qoidalarning 96-bandiga muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan bogʻliq ishlarda 6-ustun toʻldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, oʻrnatilgan yerga ulagichlar olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasi va lavozimi koʻrsatiladi. Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7-ustunlarida rasmiylashtiradi. 20. 4-jadvalda brigada tarkibiga mexanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda, unga biriktirilgan mexanizm va oʻziyurar kranning turi ham koʻrsatiladi. “Ruxsat berdi” satriga brigada tarkibini oʻzgartirishga ruxsat bergan shaxs (familiyasini koʻrsatib) imzo qoʻyadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilgan boʻlsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini oʻzgartirishga ruxsat bergan shaxsning familiyasini koʻrsatadi. 21. Ish toʻliq tugatilgandan soʻng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun moʻljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi. Ish joyini qabul qilib olganidan soʻng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qoʻyadi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan boʻlsa, ish bajaruvchi uning oʻrniga imzo qoʻyadi. Naryadda ishning toʻliq tugallanganini ish bajaruvchi faqat oʻzidagi naryad nusxasida ish batamom tugallangani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasini va lavozimini hamda xabar berilgan sana va vaqtini koʻrsatgan holda rasmiylashtiradi. Agar brigada yerga ulagichlar oʻrnatmagan boʻlsa, u holda “brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olindi” degan soʻzlar ish toʻliq tugallanganligi toʻgʻrisidagi xabar matnidan oʻchirib tashlanadi. 22. Naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq naryadning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oxirida imzo qoʻyadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 47. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 5-ILOVA
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 49. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 7-ILOVA
Qoʻshni boʻlimlar
- 44Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 2-ILOVA. Elektr xavfsizligi boʻyicha I guruhga ega boʻlgan xodimlarning xavfsizlik texnikasi boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtish jurnali
- 45Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 3-ILOVA. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha bilim sinovidan oʻtish jurnali
- 46Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 4-ILOVA
- 47Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 5-ILOVA
- 49Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 7-ILOVA
- 50Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 8-ILOVA — 1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
- 512-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
- 52Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 9-ILOVA
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.