VM qarori № 712, 16-boʻlim

7-bob. Oʻta kuchlanishlardan himoya

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

170. Yashindan himoya qurilmalarini montaj qilingandan keyin qabul qilishda korxonaga quyidagi texnik hujjatlar topshirilishi shart: tegishli tashkilotlarda tasdiqlangan va energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va Davlat yongʻin nazorati organi bilan kelishilgan yashindan himoyaning texnik loyihasi; ventilli razryadlagichlar va kuchlanishni nochiziq cheklagichlarni montajdan oldin va keyin sinash dalolatnomalari; quvurli razryadlagichlarni oʻrnatish dalolatnomalari; razryadlagichlar va yashin qaytargichlarning yerga ulash qarshiliklarini oʻlchash bayonnomalari. 171. Oʻta kuchlanishdan himoya qilish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 6-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.