Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
172. Ushbu Qoidalar isteʼmolchilar elektr qurilmalarining induktiv elementlariga parallel ulanadigan, 50 Gs chastotali, 0,22 dan 10 kV va ungacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanishni rostlash va reaktiv quvvat kompensatsiyasi darajasini oshirish uchun ishlatiladigan kondensator qurilmalariga taalluqlidir. Qoidalar boʻylama kompensatsiyalash kondensator qurilmalariga, maxsus va filtrli qurilmalarga taalluqli emas. 173. Kondensator qurilmalari, ularning himoyasi va joylashtirilishi EQTQ talablariga mos kelishi shart. Avtomatik quvvat rostlagichiga ega boʻlmagan kondensator batareyalarini ishga tushirish apparaturasini, boshqa agregatlarni ishga tushirish apparaturasi bilan qoʻshib qoʻllashga, yaʼni quvvatni individual (guruhli) kompensatsiyalashni amalga oshirishga ruxsat beriladi. 174. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 7-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 16. 7-bob. Oʻta kuchlanishlardan himoya
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 18. 9-bob. Akkumulyator qurilmalari
Qoʻshni boʻlimlar
- 134-bob. Kabel tarmoqlari
- 145-bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar
- 156-bob. Elektr dvigatellar
- 167-bob. Oʻta kuchlanishlardan himoya
- 189-bob. Akkumulyator qurilmalari
- 1910-bob. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan TQlar
- 2011-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va TQlar
- 2112-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.