VM qarori № 649, 59-boʻlim

38-bob. Sanoat obyektlariga (ishlab chiqarish obyektlariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Metallurgiya korxonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

693. Suv bilan taʼsirlanish natijasida oʻzidan yonuvchi gazlarni ajratuvchi silikokalsiy, ferrosilitsiy va boshqa yonuvchi qattiq materiallar gaz sizib chiqishi uchun tuynuklari boʻlgan qopqoqli quruq va toza temir barabanlarga qadoqlanishi kerak. Ushbu tuynuklar namlik tushishidan himoyalangan boʻlishi lozim. 694. Metallurgiya korxonalarida quyidagilar taqiqlanadi: a) granulalarni maydalash, yuklash-tushirish joylarida, transport galereyalarida metall changlarning 5 mm dan ortiq qalinlikda toʻplanib qolishi; b) yonuvchi kukun va pudra koʻrinishidagi ishlab chiqarish qoldiqlarini chiqindi toʻplash joylariga tashlash; v) ish joylarida buyumlarni presslash jarayonida kerosin-stearin aralashmasini toʻkish va ularni toʻplash; g) ish joyida yogʻsizlantirish uchun ishlatiladigan yengil alangalanuvchi suyuqliklarni bir smenaga yetadigan miqdordan ortiq, magniy qotishmalarni qayta ishlash uchastkalarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash; d) titanning qipigʻi, qirindisi hamda boshqa chiqindilari va qotishmalarini ish joylarida hamda ochiq havoda saqlash. Titanning chiqindi qotishmalari doimiy shamollatish tizimiga ega boʻlgan maxsus ajratilgan quruq xonalarda “Titan chiqindisi” yozuvi tushirilgan germetik idishlarda saqlanishi kerak. Bunday xonalarda kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va boshqa yonuvchi materiallarni saqlash; e) magniyli qotishma chiqindilarini boshqa metallarning chiqindilari bilan aralashtirish. 695. Yongʻinni oʻchirish vositalari va moddalarining yaroqliligi bir oyda kamida bir marta, eritish pechlarining avariyaviy bunkerlari esa har haftada bir marta tekshirib turilishi kerak. 696. Karbonizatsiyalash jarayonlari vaqtida karbonlash sigʻimi oldida biror-bir buyumda hosil boʻlgan alangani suv va koʻpikli oʻt oʻchirgichlar yordamida oʻchirish taqiqlanadi. Yongʻinni oʻchirish uchun quruq qum yoki uglekislotali oʻt oʻchigichlardan foydalanish kerak. 697. Ishqorli vannalarda issiqlik bilan ishlov berish jarayonida quyidagi talablarga rioya qilish kerak: a) izotermik soʻndirish vaqtida eritmaning ogʻirligi issiq qismlar choʻktirilganda harorat 10 °C dan oshmasligini taʼminlashi lozim; b) ishqorli sigʻimni oʻrab turuvchi qoplamadagi ortish darchasi qulflanadigan eshikka ega boʻlishi kerak. 698. Tuzli vannalarda issiqlik bilan ishlov berish jarayonlarida quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak: a) vannadagi eritma yuzasida hosil boʻladigan qoplama va shlaklar vaqti-vaqti bilan quruq maxsus teshikli choʻmich yordamida olib tashlanishi kerak; b) qotib qolgan tuzlarni qizdirganda tuzlarning qattiqlashgan boʻlaklari sochilib (sachrab) ketmasligi uchun ularni urib ezgʻilash taqiqlanadi; v) vanna pechlarida taʼmirlash ishlari tugallanganda ular yaxshilab quritilgandan soʻng ish boshlashga ruxsat beriladi; g) eritilgan tuz va metallarning yonishini oʻchirish uchun ish joyida qum toʻldirilgan quti boʻlishi kerak. 699. Elektr pechlariga mahsulotni ortish, tushirish, ularni tekshirish, taʼmirlash va tozalash faqat elektr taʼminoti butunlay oʻchirilgandan keyin amalga oshirilishi lozim. 700. Ish joylarini magniy qirindisi va changidan tozalash, ish joyining havosida chang va aerozollar paydo boʻlishini istisno qiladigan tarzda, bir smenada kamida uch marta bajarilishi kerak. Ishlatilgan tozalovchi materiallar qopqogʻi mahkam yopiladigan metall qutiga yigʻilishi va har smenada bir marta chiqarib tashlanishi kerak. 701. Magniy qotishmasining qirindi va chiqindilari (magniy-litiy qotishmasidan tashqari) uskunalardan kamida 6 m uzoqlikda oʻrnatilgan “Magniy chiqindisi” yozuvli maxsus yopiq idishda yigʻilishi lozim. 702. Magniy va uning qotishmalaridagi yongʻinni oʻchirishda kukun tarkibli birikmadan foydalanish kerak. Kichik yongʻin oʻchoqlarini bartaraf etish uchun quruq qum, kukunsimon grafit va magniy oksididan foydalanishga ruxsat beriladi. Ushbu moddalarni pechda eritilayotgan magniyni oʻchirishda foydalanishga yoʻl quyilmaydi. Mazkur barcha yongʻin oʻchiruvchi moddalar yonayotgan magniy oʻchogʻiga belkurak yoki statsionar qurilmalar yordamida yetkazilishi kerak. 703. Olovga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish binolarida portlash va yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus choralarni koʻrmasdan yonuchi (portlovchi) gazlardan yoqilgʻi va tiklovchi muhit sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 704. Eritish kamerasi devorlarini yengil alangalanuvchi kondensatdan tozalash ishlari mexanik usulda amalga oshirilishi kerak. Ushbu kondensat toʻliq chiqarib tashlanmagunga qadar vakuum kamerasini taʼmirlash ishlarini bajarish va koʻrikdan oʻtkazish uchun texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni kirishiga ruxsat berilmaydi. 705. Aluminiy kukuni ishlab chiqariladigan va saqlanadigan joylarda uning oksidlanishi, oʻz-oʻzidan alangalanishi va portlashining oldini olish maqsadida namlik va zaxni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak. 706. Maydalangan portlovchi moddalar pnevmatik va boshqa quvur tarmoqlari orqali uzatilishi inert gaz muhitida amalga oshirilishi kerak. Oʻz-oʻzidan alangalanuvchi materiallar saqlanadigan bunkerlar (omborxonalar) ushbu materiallarning haroratini nazorat qiluvchi, yongʻinga qarshi vositalar ishga tushirilishi bilan oʻzaro bogʻliq holda ishlovchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bunkerlar, konveyer galereyasi va boshqa xonalarning uskuna va pol qismidagi yonuvchi changlarni tozalash ishlari — har smenada, devorlar, shiftlar va qurilish konstruksiyalarini tozalash esa — haftada kamida bir marta amalga oshirilishi lozim. 707. Ishqoriy metalllar bilan ishlashda quyidagi talablarga amal qilish kerak: a) ishqoriy metallar (litiy va natriy) va kalsiyni quruq oʻtkir pichoq bilan filtrli qogʻoz ustida kesish kerak. Ishqoriy metall chiqindilari qalin devorli idishlarda toʻplanishi va suvsizlantirilgan kerosin yoki moy bilan toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak. Ishqoriy metallar solib ishlatilgan idish va moslamalarni etanol bilan tozalab, suv bilan yuvish kerak; b) ishqorli metallarni suvsizlantirilgan kerosin yoki moyda, havo kirmaydigan qilib mahkam yopilgan, qalin devorli idishlarda saqlash lozim. Ishqoriy metallar solingan idishlar devorlari va ostki qismi asbest bilan qoplangan mustahkam qopqoqli metall qutilarga joylashtirilishi kerak; v) ishqorli metallarni qutidan olish va ularni idishlarga solishda quruq pinset yoki halqali qisqichlardan foydalanish zarur. Kerosin ustki qismidagi metall boʻlakchalar filtrli qogʻozlar yordamida yoʻq qilinishi kerak; g) ishqoriy metallar bilan ishlaganda moy, havo yoki qum vannalaridan foydalanish kerak. 708. Ishqoriy metallar bilan ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi: a) erituvchilar boʻlmaganda ularning suv yoki galogen tarkibli birikmalar taʼsiriga uchrashi; b) nisbiy namlik 75 foizdan oshadigan xonalarda ishqoriy metallar bilan ishlash.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.