Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 8-moddasi

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirish

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. (8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son) Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bundan mustasno. (8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son) Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ishlab chiqarish nazorati ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar, shuningdek tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan xom ashyo, qurilish materiallari va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. (8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi OʻRQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son) Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirishni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. (8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.