Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 7-moddasi

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan iborat boʻladi: radiatsiyaviy xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash; (7-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, yemlarni, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jihatidan sertifikatlash; barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratilishi kelishib olinayotganda radiatsiyaviy ifloslanishni aniqlash.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.