Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 4-moddasi

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: normalashtirish prinsipi — ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yoʻl qoʻyiladigan, ular sogʻligʻiga xavfsiz boʻlgan darajadan oshirmaslik; asoslash prinsipi — inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy radiatsiyaviy fonga qoʻshimcha ravishda) yetkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq boʻlmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini taqiqlash; minimallashtirish prinsipi — ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sogʻligʻiga xavfsiz boʻlgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada boʻlishini saqlab turish.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.