Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 11-moddasi

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normalashtirish

Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normalashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan hamda roʻyxatga olinadigan radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalarini, gigiyena normativlarini, milliy standartlarni, qurilish normalari va qoidalarini, mehnat muhofazasi qoidalarini, radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomaga oid, uslubiy va boshqa hujjatlarni joriy etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. (11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.