Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 12-moddasi
Radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
Radiatsiyaviy xavfsizlik quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi: radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimining amal qilishi; radiatsiyaviy taʼsir tufayli fuqarolar sogʻligʻiga zarar yetkazilishi xavfi yuqori boʻlganligi uchun toʻlanadigan tovon turlari va miqdorlarini belgilab qoʻyish; radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sogʻligʻiga hamda ular mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash; ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat turlarini belgilash; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat tomonidan tartibga solish; tibbiy-profilaktik tadbirlar oʻtkazish; radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor qilish; fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini oʻrgatish; radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor boʻlgan fuqarolarga yordam koʻrsatish; radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida rejimlarni joriy etish; tegishli hududda radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish; radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi xavfi boʻlgan taqdirda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. Radiatsiyaviy xavfsizlik qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham taʼminlanishi mumkin. (12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 11. Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normalashtirish
Keyingi modda →
Modda 13. Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
Qoʻshni moddalar
- 8Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirish
- 9 ·Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish obyektlarining davlat ekspertizasi
- 10Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
- 11Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normalashtirish
- 13Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
- 14Radiatsiya-gigiyena pasporti
- 15Tabiiy radionuklidlar taʼsir etish chogʻida radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash
- 16 ·Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.