Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 5-moddasi
Fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashdagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan nurlanish oqibatida ularning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi; (5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) atrof muhitning, foydalanishdagi va isteʼmoldagi predmetlarning radiatsiyaviy holati, radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek oʻzlari olgan nurlanish dozasi toʻgʻrisida toʻliq va xolis axborot olish; radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokamasida ishtirok etish. Fuqarolar quyidagilarga majburdirlar: radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishga; (5-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshirayotgan davlat organlarining talablarini bajarishga. Qonunchilikka muvofiq fuqarolar boshqa huquqlarga ega boʻlishi hamda ular zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 4. Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari
Keyingi modda →
Modda 6. Ayrim toifadagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi
Qoʻshni moddalar
- 1 ·Ushbu Qonunning maqsadi
- 2Asosiy tushunchalar
- 3 ·Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik
- 4Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari
- 6 ·Ayrim toifadagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi
- 7Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
- 8Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirish
- 9 ·Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish obyektlarining davlat ekspertizasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.