Mehnat kodeksi 266-moddasi
Bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash
Ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga koʻra ishni vaqtincha toʻxtatib turish) xodimning oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi. Ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq toʻlanadi. Xodimning aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlanmaydi. Asbob-uskunaning buzilishi va xodim tomonidan oʻz mehnat vazifalarini bajarishni davom ettirishni imkonsiz qiladigan boshqa sabablar yuzaga keltirgan bekor turib qolingan vaqt boshlanganligi haqida xodim darhol oʻzining bevosita rahbariga, ish beruvchining boshqa vakiliga xabar berishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 265. Mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda mehnatga haq toʻlash
Keyingi modda →
Modda 267. Yaroqsiz boʻlgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq toʻlash
Qoʻshni moddalar
- 262Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash
- 263Dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnatga haq toʻlash
- 264Tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash
- 265Mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda mehnatga haq toʻlash
- 267Yaroqsiz boʻlgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq toʻlash
- 268Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatiga haq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
- 269Ish haqidan ushlab qolishni cheklash
- 270Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.