Mehnat kodeksi 262-moddasi
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash
Ish vaqtidan tashqari ishning bir kundagi birinchi ikki soati uchun kamida bir yarim hissa miqdorida, ikki soatdan ortiq qismi uchun kamida ikki hissa miqdorida (mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda — har bir soati uchun kamida ikki hissa miqdorida) haq toʻlanadi. (262-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son) Jamoa shartnomasida, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida ish vaqtidan tashqari ish uchun qoʻshimcha toʻlovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin. Xodimning xohishiga koʻra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq toʻlash oʻrniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qoʻshimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi, dam olish vaqti uchun esa haq toʻlanmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 261. Yangi ishlab chiqarishlar (mahsulot) oʻzlashtirilganda mehnatga haq toʻlash
Keyingi modda →
Modda 263. Dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnatga haq toʻlash
Qoʻshni moddalar
- 258Qisqartirilgan va toʻliqsiz ish vaqtida mehnatga haq toʻlash
- 259Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda va ish hajmi koʻpayganda mehnatga haq toʻlash
- 260Har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda mehnatga haq toʻlash
- 261Yangi ishlab chiqarishlar (mahsulot) oʻzlashtirilganda mehnatga haq toʻlash
- 263Dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnatga haq toʻlash
- 264Tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash
- 265Mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda mehnatga haq toʻlash
- 266Bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.