Mehnat kodeksi 264-moddasi
Tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash
Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi: mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qoʻllagan holda; mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega boʻlgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qoʻshimcha toʻlov toʻliq toʻlanadi. Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash tarif stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi. Tungi vaqtdagi, shuningdek koʻp smenali rejimdagi ish uchun ish haqiga doir qoʻshimcha toʻlovning aniq miqdori jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 263. Dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnatga haq toʻlash
Keyingi modda →
Modda 265. Mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda mehnatga haq toʻlash
Qoʻshni moddalar
- 260Har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda mehnatga haq toʻlash
- 261Yangi ishlab chiqarishlar (mahsulot) oʻzlashtirilganda mehnatga haq toʻlash
- 262Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash
- 263Dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnatga haq toʻlash
- 265Mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda mehnatga haq toʻlash
- 266Bekor turib qolingan vaqt uchun haq toʻlash
- 267Yaroqsiz boʻlgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq toʻlash
- 268Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatiga haq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.