Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 8-moddasi

Xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari

Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlishi zarur. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini oʻzgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.