Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 6-moddasi

Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish

Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. (6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish: sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni; sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini; xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni; faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni; sanoat xavfsizligi ekspertizasini; qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni oʻz ichiga oladi. (6-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.