Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 4-moddasi
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga: 1) quyidagi xavfli moddalar: portlash-yongʻin xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalar; tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga taʼsir qilish darajasiga koʻra I, II va III xavflilik darajalariga (oʻta xavfli, yuqori darajada xavfli va oʻrtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; muayyan turdagi tashqi taʼsir chogʻida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda oʻz-oʻzidan juda tez tarqaladigan kimyoviy oʻzgaruvchan portlovchi moddalar; inson sogʻligʻi va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan; 2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan; 3) koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalaniladigan; 4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan; 5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006
← Oldingi modda
Modda 3. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Keyingi modda →
Modda 5. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
Qoʻshni moddalar
- 1 ·Ushbu Qonunning maqsadi
- 2 ·Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
- 3Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
- 5Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
- 6Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
- 7 ·Sanoat xavfsizligi talablari
- 8Xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.