Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 5-moddasi

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga aosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.