Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 9-moddasi

Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari

Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot: sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga rioya etishi; (9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilishini taʼminlashi; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va koʻrsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qoʻyishi; xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlashi; ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud boʻlishi hamda ishlashini taʼminlashi; ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi oʻtkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma koʻrsatmasiga binoan taʼminlashi; (9-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi; xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini taʼminlashi; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi; maxsus vakolatli davlat organi va qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma koʻrsatmalarini bajarishi; (9-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishni toʻxtatib turishi; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini koʻrishi; xavfli ishlab chiqarish obyektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini koʻrishi; maxsus vakolatli davlat organini, qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya toʻgʻrisida oʻz vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi; (9-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrishi; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.