Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 11-moddasi

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorgarlik koʻrishga oid sanoat xavfsizligi talablari

Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot: xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi; tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat koʻrsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa oʻz avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi; (11-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonunchilikka muvofiq moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega boʻlishi; (11-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga oʻqitishi; xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga koʻmaklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.