Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 3-moddasi

Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa

Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarning buzilishidir. (3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.