Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 35-moddasi

Majburiy tibbiy koʻriklar

Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining hamda tarqalishining oldini olish, shuningdek kasb faoliyatiga oid kasalliklarning oldini olish maqsadida bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻriklardan oʻtib boradi. Xodimlari majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblarning va ishlab chiqarishlarning roʻyxati, bunday koʻriklarni oʻtkazish tartibi va muddatlari oldindan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xabardor qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.