Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 32-moddasi

Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida oʻtkaziladigan chora-tadbirlar

Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida davolash- profilaktika hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari tomonidan quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan tartibda oʻtkaziladi: yuqumli va parazitar kasal deb gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash, ajratib qoʻyish va kasalxonaga yotqizishga, shuningdek ular bilan muloqotda boʻlgan shaxslarni laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishga va ularning tibbiy kuzatuvini olib borishga; yuqumli va parazitar kasalliklarning yuqish yoʻllari va omillarini aniqlash hamda ularning insonga taʼsir koʻrsatishining oldini olishga.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.