Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 33-moddasi

Profilaktik emlashlar oʻtkazish

Profilaktik emlashlar yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish maqsadida oʻtkaziladi. Profilaktik emlashlar Profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkaziladi. Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi profilaktik emlashlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shaxslar guruhini, bunday emlashlarni oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi. Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi va epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha profilaktik emlashlar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.