Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 36-moddasi

Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash

Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash ularning gigiyenaga, sogʻlom turmush tarziga, sogʻliqni saqlashga doir bilimlar, koʻnikmalar hamda malakalarni egallashiga qaratiladi va kasalliklarning oldini olish maqsadida oʻtkaziladi. Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash belgilangan tartibda: taʼlim muassasalarida; faoliyati oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish, bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan kadrlarga ishlashga ijozat berish oldidan, ushbu kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish paytida oʻtkaziladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.