Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 31-moddasi
Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi
Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi — bu aholi uchun xavf tugʻdiruvchi yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga inson uchun xavf tugʻdiruvchi tovarlar, kimyoviy, biologik va radioaktiv moddalar hamda yuklar olib kirilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish va cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish yoʻli bilan taʼminlanadi. Sanitariya-karantin nazorati davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tegishli organlar tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida amalga oshiriladi. Yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo boʻlish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular oʻrinbosarlarining taqdimnomasiga koʻra tegishli hududlarda yoki obyektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etishi mumkin. (31-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Cheklovchi tadbirlar (karantin) oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan belgilanadi. (31-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar bilan ham taʼminlanishi mumkin. (31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 30. Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar
Keyingi modda →
Modda 32. Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida oʻtkaziladigan chora-tadbirlar
Qoʻshni moddalar
- 27 ·Taʼlim shart-sharoitlarini tartibga soluvchi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishiga doir talablar
- 28 ·Mehnat sharoitlariga doir talablar
- 29Maxsus ekspertizalar oʻtkazish
- 30Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar
- 32Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida oʻtkaziladigan chora-tadbirlar
- 33Profilaktik emlashlar oʻtkazish
- 34 ·Dezinfeksiya tadbirlari
- 35Majburiy tibbiy koʻriklar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.