Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 29-moddasi

Maxsus ekspertizalar oʻtkazish

Aholining va alohida shaxslarning sogʻligʻi hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi. Maxsus ekspertizalarni oʻtkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi. (29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.