Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 26-moddasi

Xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlashga doir talablar

Xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek milliy standartlarga muvofiqligini taʼminlashi shart. (26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi) Markazlashtirilgan tartibda xoʻjalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi. (26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) Yuridik va jismoniy shaxslar xoʻjalik va maishiy maqsadlar hamda markazlashtirilmagan tartibda suv bilan taʼminlash uchun foydalaniladigan suv havzalaridagi suvning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.