Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 21-moddasi
Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytidagi talablar
Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart. Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiyena jihatidan baholangandan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015
← Oldingi modda
Modda 20. Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar
Keyingi modda →
Modda 22. Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi talablar
Qoʻshni moddalar
- 17Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 18Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar
- 19 ·Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar
- 20 ·Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar
- 22 ·Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi talablar
- 23Turar joylarga koʻchib kirishga va ulardan foydalanishga doir talablar
- 24Oziq-ovqat xom ashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga doir talablar
- 25 ·Xorijdan olib kiriladigan mahsulotni yetkazib berish va realizatsiya qilish paytidagi talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.