VM qarori № 712, 41-boʻlim

4-§. Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

130. Xizmat safaridagi xodimlar — bu isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarish maqsadida ularning shtat roʻyxatida boʻlmagan, boshqa korxona va tashkilotlardan yuborilgan xodimlar. 131. Xizmat safaridagi xodimni ishga quyish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safaridagi shaxslar xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha bilim sinovidan oʻtganligi va elektr xavfsizligi boʻyicha guruh berilgani haqidagi belgilangan shakldagi shaxsiy guvohnomaga ega boʻlishlari shart. Mazkur qoidalar boʻyicha bilim sinovi doimiy ish joyi boʻyicha oʻtkaziladi. 132. Xizmat safariga yuborilgan korxona (tashkilot) xizmat safarining maqsadidan tashqari, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, nazorat qiluvchi va brigada aʼzolari qilib tayinlanishi mumkin boʻlgan xodimlar haqida, shuningdek, elektr qurilmalarida uzoq muddatli ishlarda naryad berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar haqida yozma ravishda maʼlumot berishi kerak. 133. Xizmat safaridagi shaxslar xizmat safari joyiga ilk bor kelganda, ishlashi kerak boʻlgan elektr qurilmalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, elektr xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq oladilar. Naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi va nazorat qiluvchi vazifalari yuklatiladigan shaxslar esa ushbu elektr qurilmalarining energiya taʼminoti sxemalari boʻyicha ham yoʻl-yoʻriq oladilar. Yoʻl-yoʻriq yoʻriqnomalar jurnalida yozuv, shuningdek, yoʻl-yoʻriq oluvchi va yoʻl-yoʻriq beruvchi shaxslarning imzolari bilan rasmiylashtiriladi. 134. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshmaydigan boʻlsa, ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlarda naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi hamda brigada aʼzolari sifatida ishlash huquqi taqdim etilishi xizmat safariga yuborgan tashkilotning xatiga qurilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbariyatining rezolyutsiyasi bilan rasmiylashtiriladi. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshgan taqdirda rasmiylashtirish yozma koʻrsatma orqali amalga oshirilishi lozim. 135. Xizmat safaridagi xodimlarga yoʻl-yoʻriq berilishi ular xizmat safariga yuborilgan korxonaning elektr xavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega maʼmuriy-texnik xodimi yoki kamida IV guruhga ega tezkor yoxud tezkor taʼmirlovchi xodimi tomonidan oʻtkazilishi zarur. Yoʻl-yoʻriq mazmuni, ishning xususiyatlari va murakkabligiga, elektr qurilmasining oʻziga xos xususiyatlari va sxemasiga qarab yoʻriq beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi. 136. Xizmat safariga yuborayotgan korxona (tashkilot) xizmat safariga yuborilgan xodimlarning, ularga elektr xavfsizligi boʻyicha berilgan guruhlariga hamda ushbu Qoidalarning 134-bandiga koʻra ularga taqdim etilgan huquqlarga muvofiqligiga va xodim tomonidan mazkur Qoidalar bajarilishiga javobgardir. 137. Elektr qurilmalarida xizmat safaridagi xodimlar tomonidan ishlar bajarilayotgan korxona (tashkilot) ishlayotganlarning ishchi va ilashgan kuchlanish elektr tokidan shikastlanishidan himoyani taʼminlovchi xavfsizlik choralari bajarilishi uchun javobgardir. 138. Xizmat safaridagi xodimlar uchun ish joyini tayyorlash va ishga ijozat berish barcha hollarda qurilmani ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotning tezkor xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.