VM qarori № 712, 2-boʻlim
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 1-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi isteʼmolchilari (keyingi oʻrinlarda — isteʼmolchilar) elektr qurilmalarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni taʼminlash, shuningdek, ularni ishga yaroqli holatda saqlab turish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, sozlash va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi muhandis-texnik xodimlar (keyingi oʻrinlarda — MTX) uchun moʻljallangan. 2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan: elektr uzatish havo tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — HT) — simlari yer ustida tayanchlar, izolyatorlar yordamida ushlab turiladigan elektr uzatish tarmogʻi; binoga biriktirilgan podstansiya — binoning bir qismini egallagan elektr podstansiyasi; elektr stansiyasining (podstansiyasining) ikkilamchi zanjirlari — elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv, avtomatika, signalizatsiya, himoya va oʻlchov qurilmalarini birlashtiruvchi kabellar va simlar majmui; dublyorlik qilish (dublyorlik) — dublyorni tayyorlashga javobgar shaxs kuzatuvi ostida ish joyida elektr qurilmani boshqarish va boshqa funksiyalarni bajarish; yoʻriq berish — xodimlarga xavfsiz mehnatni tashkil etishga va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga qaratilgan asosiy talablar mazmunini yetkazish, yoʻriq olayotganlar ish joylarida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin boʻlgan xatolarni tahlil qilish, xavfsiz ishlab chiqarish bilimlarini va tajribalarini chuqurlashtirish, Energetika korxonalari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari (keyingi oʻrinlarda — YOXQ) boʻyicha bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish; elektr uzatish kabel tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — KT) — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita yerga, kabel kanallariga, quvurlarga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish tarmogʻi; kapital taʼmirlash — qurilma, uskuna yoki buyumning yaroqliligi va resursini toʻliq yoki toʻliqqa yaqin tiklash uchun uning ixtiyoriy, shu jumladan asosiy qismlarini almashtirib yoki tiklab taʼmirlash; komplekt taqsimlovchi qurilma — ichida oʻrnatilgan uskunalar, boshqaruv, nazorat, himoya, avtomatika va signalizatsiya qurilmalari bor shkaflardan yoki bloklardan tashkil topgan, yigʻilgan yoki yigʻish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan elektr taqsimlovchi qurilma; komplekt transformator podstansiyasi — yigʻilgan yoki yigʻish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan, ichiga transformator va taqsimlovchi qurilmaning boshqa uskunalari oʻrnatilgan blok, shkaflardan tashkil topgan podstansiya; elektr uzatish tarmogʻi — elektr stansiyasi yoki podstansiyasining tashqarisiga chiquvchi va elektr energiyasini uzatish uchun moʻljallangan elektr uzatish tarmogʻi; neytral — elektr uskunalari choʻlgʻamlarining (elementlarining) “yulduz” sxemasi boʻyicha ulangan umumiy nuqtasi; rejali taʼmirlash — tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladigan taʼmirlash; elektr energiyasi isteʼmolchisi — energetika qurilmalari, uskunalari elektr energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotning tarmogʻiga bevosita ulangan, u bilan elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga hamda elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga ega va ushbu shartnoma asosida elektr energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari belgilangan korxona, tashkilot, idora (keyingi oʻrinlarda — korxona); elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — undan foydalanish uchun elektr energiyasini energiyaning boshqa turiga oʻzgartiradigan elektr qurilma; elektr stansiyasining (podstansiyasining) prinsipial elektr sxemasi — elektr stansiyasining (podstansiyasining) elektr qismining ishlash prinsipi haqida dastlabki maʼlumot va tasavvur beruvchi, uskunaning tarkibi va uning bogʻlanishlarini aks ettiruvchi sxema; taʼmir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishlash resurslarini yoki ularning tarkibiy qismlari sozligini hamda ishga yaroqliligini tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui; joriy taʼmir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishga yaroqliligini taʼminlash yoki tiklash uchun bajariladigan va ularning alohida qismlarini almashtirish yoki tiklashdan tashkil topgan taʼmir; texnik xizmat koʻrsatish — qurilmalardan, uskunalardan, jihozlardan, oʻz vazifasi boʻyicha foydalanishda, ularni saqlash va transportirovka qilishda ishga yaroqliligini hamda sozligini saqlab turish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui; tok oʻtkazgich — elektr stansiyasi, podstansiyasi yoki sex doirasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan, izolyatorlar va ushlab turuvchi konstuksiyalarga ega boʻlgan shinalar yoki simlar shaklida bajarilgan qurilma; transformator podstansiyasi — transformator yordamida bir kuchlanishdagi elektr energiyasini boshqa kuchlanishdagi elektr energiyasiga oʻzgartirish uchun moʻljallangan elektr podstansiyasi; elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv paneli — elektr stansiyasini (podstansiyasini) boshqarish, nazorat va himoya qurilmalaridan iborat pultlar va panellarning bir xonada joylashgan toʻplami; elektr podstansiyasi — elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va uning parametrlarini oʻzgartirish uchun moʻljallangan hamda transformatorlardan yoki boshqa elektr qurilmalaridan, shu jumladan oʻzgartirgichlar, boshqarish qurilmalari va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma; elektr tarmogʻi — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan, podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va ularni birlashtiruvchi elektr uzatish tarmoqlari majmui; neytrali yerga ulangan elektr tarmogʻi — neytrallarning barchasi yoki bir qismi bevosita yoki nol ketma — ketligining qarshiligiga nisbatan kichik qarshilikli qurilma orqali yerga ulash qurilmasi bilan ulangan uskunasi mavjud boʻlgan elektr tarmogʻi; neytrali izolyatsiyalangan elektr tarmogʻi — neytrali yerga ulanmagan yoki katta qarshilikli oʻlchov, himoya, signalizatsiya qurilmalari orqali ulangan uskunasi mavjud boʻlgan elektr tarmogʻi; elektr taqsimlovchi punkt — podstansiyaning tarkibiga kirmaydigan elektr taqsimlovchi qurilma; elektr taqsimlovchi qurilma — bir kuchlanishda elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun moʻljallangan hamda kommutatsiya apparatlari mavjud boʻlgan elektr qurilmasi; elektr uskunasi — moʻljallanishiga koʻra umumiy belgilari bilan birlashgan (masalan, vazifasi boʻyicha — texnologik; qoʻllash sharoitlari boʻyicha — tropiklarda qoʻllaniladigan, obyektga tegishliligi boʻyicha — sexga, stanokka tegishli) elektr qurilmalar majmui; elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan, elektr energiyasini hosil qiluvchi uskunalar va yordamchi uskunalardan tashkil topgan, qurilish qismi mavjud yoki usiz (koʻchma elektr stansiyasida) energetik qurilma; elektr qurilma — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki oʻzgartirish, uzatish, taqsimlash yoki isteʼmol qilish uchun moʻljallangan oʻzaro bogʻlangan uskunalar va inshootlar majmui; ekspluatatsiya qilish — buyumning ishlatiladigan, sifati saqlanib turadigan yoki tiklanadigan hayotiy sikli bosqichi; stajerlik — ish joyida amaliy mashgʻulot oʻtish.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 1. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 3. 2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar — 1-§. Qoidalarni qoʻllash sohasi va tartibi
Qoʻshni boʻlimlar
- 1Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
- 32-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar — 1-§. Qoidalarni qoʻllash sohasi va tartibi
- 42-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat
- 53-§ . Xodimlarga qoʻyiladigan talablar
- 64-§. Elektr xoʻjaligini tezkor boshqarish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.