Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 24-moddasi
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy avariya sodir boʻlgan paytdagi majburiyatlari
Radiatsiyaviy avariya sodir boʻlgan taqdirda ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi quyidagilarga majburdir: xodimlar (personal)ni va aholini radiatsiyaviy avariyadan hamda uning oqibatlaridan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishini taʼminlashga; radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilishga; jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishga; radioaktiv ifloslanish oʻchogʻi doirasini kamaytirishga va atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalishini bartaraf etishga; radiatsiyaviy avariyaning kechishini va radiatsiyaviy avariya vaqtidagi radiatsiyaviy vaziyat oʻzgarishlarini tahlil qilishga hamda ularning taxminiy chizgilarini tayyorlab qoʻyishga; radiatsiyaviy avariya tugatilganidan keyin radiatsiyaviy vaziyatni normallashtirish choralarini koʻrishga.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 23. Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish
Keyingi modda →
Modda 25. Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi
Qoʻshni moddalar
- 20Sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari
- 21 ·Radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash
- 22Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash
- 23Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish
- 25Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi
- 26 ·Xalqaro shartnomalar
- 27 ·Nizolarni hal etish
- 28 ·Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.