Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 25-moddasi
Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi
Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatish, avariya-qutqaruv ishlari hamda dezaktivatsiya oʻtkazishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi faqat odamlarni qutqarish va ularning yanada koʻproq nurlanish olishining oldini olish zaruratidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolarning nurlanish olishi belgilab qoʻyilgan gigiyena normativlaridan oshmasligi kerak. Radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishiga ularning ixtiyoriy roziligi boʻlgan hamda ehtimol tutilgan nurlanish dozalari va sogʻliq uchun zarari toʻgʻrisida oldindan xabardor qilingan holda ularning hayoti mobaynida bir marta yoʻl qoʻyiladi. Mazkur ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan shaxslarga xavf yuqori boʻlganligi uchun toʻlanadigan tovon hamda radiatsiya taʼsirida sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash turlari va miqdorlari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. (25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 24. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy avariya sodir boʻlgan paytdagi majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 26. Xalqaro shartnomalar
Qoʻshni moddalar
- 21 ·Radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash
- 22Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash
- 23Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish
- 24Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy avariya sodir boʻlgan paytdagi majburiyatlari
- 26 ·Xalqaro shartnomalar
- 27 ·Nizolarni hal etish
- 28 ·Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.