Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 22-moddasi
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash ularni ishlatishning barcha turlarida majburiydir. Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishi ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan taʼminlanadi. Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash texnik va tashkiliy choralar majmuini rejalashtirish hamda amalga oshirish yagona tizimini nazarda tutadi, bu tizim quyidagilarga yoʻnaltirilgan boʻladi: radioaktiv va yadroviy materiallar joylashgan hududga ruxsatsiz kirishning, shuningdek ularning talon-taroj qilinishi yoki shikastlanishining oldini olish; yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan radioaktiv va yadroviy materiallarni topish va qaytarish. Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. (22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son) Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. (22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 21. Radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash
Keyingi modda →
Modda 23. Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish
Qoʻshni moddalar
- 18Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish
- 19Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar oʻtkazilganda fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlash
- 20Sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari
- 21 ·Radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash
- 23Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish
- 24Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy avariya sodir boʻlgan paytdagi majburiyatlari
- 25Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi
- 26 ·Xalqaro shartnomalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.