Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 20-moddasi

Sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari

Fuqarolar hamda atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilayotgan obyektlar joylashgan yerda sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari belgilab qoʻyiladi. Sanitariya-muhofaza zonalarining oʻlchamlari va chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi. (20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) Sanitariya-muhofaza zonasida odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlarining va boshqa obyektlarning joylashtirilishi taqiqlanadi. Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan mavjud obyektlar va inshootlardan, ularning yoʻnalishi oʻzgargan taqdirda, xoʻjalik maqsadlari uchun foydalanishga ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Kuzatuv zonasi, uning oʻlchamlari va chegaralari ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan belgilanadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishiladi. Kuzatuv zonasida qonunchilikka muvofiq xoʻjalik faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilishi mumkin. (20-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Kuzatuv zonasida va sanitariya-muhofaza zonasida radiatsiyaviy avariyani bartaraf etish chora-tadbirlari amal qilishi tatbiq etiladi. Sanitariya-muhofaza zonasi hamda kuzatuv zonasini belgilab qoʻyish oqibatida yetkazilgan zararlar ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilikka muvofiq qoplanadi. (20-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.