Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 23-moddasi

Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish

Radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tashkilotlar quyidagilarga ega boʻlishi shart: potensial radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining (ular oqibatlari taxmini hamda radiatsiyaviy holati taxmini koʻrsatilgan) roʻyxatiga; radiatsiyaviy avariya yuzaga kelganda qarorlar qabul qilish mezonlariga; fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariya va uning oqibatlaridan muhofaza qilish tadbirlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasiga; radiatsiyaviy avariyadan xabardor qilish va radiatsiyaviy avariya oqibatlarining tugatilishini taʼminlash vositalariga; radiatsiyadan zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va radiatsiyaviy avariyada jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish vositalariga; xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv boʻlinmalariga.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.