Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 17-moddasi
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi majburiyatlari
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi quyidagilarga majburdir: radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishga; (17-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari boʻlmish mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlarini olib borishga; ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida radiatsiya vaziyati ustidan, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining chiqarilishi, tashlanishi ustidan va koʻmib tashlangan joylarida ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishga; xodimlar (personal) nurlanish olganligining individual dozalari nazoratini va hisobini olib borishga; ishlab chiqarish rahbarlarini, xodimlar (personal)ni, ishlab chiqarish nazorati xizmati mutaxassislarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va attestatsiyadan oʻtkazishga; xodimlar (personal)ni ularning ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari xususida hamda ular olgan nurlanishning individual dozalari toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib borishga; xodimlar (personal) tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etib turishga; ishlatilmayotgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini koʻmib tashlashni taʼminlashga; radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlarining talablarini bajarishga.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 16. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
Keyingi modda →
Modda 18. Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish
Qoʻshni moddalar
- 13Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
- 14Radiatsiya-gigiyena pasporti
- 15Tabiiy radionuklidlar taʼsir etish chogʻida radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash
- 16 ·Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
- 18Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish
- 19Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar oʻtkazilganda fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlash
- 20Sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari
- 21 ·Radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.