Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 13-moddasi
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chogʻida mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib boriladi. Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi: atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi; radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining taʼminlanishi hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiyena normativlarining bajarilishi tahlili; radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning koʻlami; radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi; xodimlar (personal) va aholi ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan olayotgan, olgan va olish ehtimoli boʻlgan nurlanish dozalarining tahlili; nurlanish dozalarining belgilab qoʻyilgan asosiy chegarasidan yuqori boʻlgan nurlanishga duchor boʻlgan shaxslar soni.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № 120-II, 31.08.2000
← Oldingi modda
Modda 12. Radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
Keyingi modda →
Modda 14. Radiatsiya-gigiyena pasporti
Qoʻshni moddalar
- 9 ·Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish obyektlarining davlat ekspertizasi
- 10Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
- 11Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida normalashtirish
- 12Radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
- 14Radiatsiya-gigiyena pasporti
- 15Tabiiy radionuklidlar taʼsir etish chogʻida radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash
- 16 ·Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi
- 17Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi majburiyatlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.