Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risidagi qonun 14-moddasi

Radiatsiya-gigiyena pasporti

Radiatsiya-gigiyena pasporti — ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yuridik shaxsning radiatsiyaviy xavfsizlik holatini tavsiflovchi hujjat. Radiatsiya-gigiyena pasportiga har yili radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash natijalari kiritib boriladi. (14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi OʻRQ-282-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 148-modda) Radiatsiya-gigiyena pasportlarini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. (14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № 120-II, 31.08.2000

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.