Mehnat kodeksi 573-moddasi
Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari
Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) tartibi quyidagi bosqichlardan iborat: nizoni yarashtirish komissiyasi tomonidan koʻrib chiqishdan; nizoni mediator ishtirokida koʻrib chiqishdan; nizoni mehnat arbitrajida koʻrib chiqishdan. Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining hech biri yarashtiruv tartib-taomilida ishtirok etishdan bosh tortishga haqli emas. Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari, yarashtirish komissiyasi, mediator, mehnat arbitraji, jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organi yuzaga kelgan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi shart. Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari ushbu paragrafda nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini oʻtkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat nizosi taraflarining roziligiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 572. Xodimlarning va ular vakillarining talablarini koʻrib chiqish
Keyingi modda →
Modda 574. Jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish komissiyasi tomonidan hal etish (tartibga solish)
Qoʻshni moddalar
- 569Ayrim yakka tartibdagi mehnat nizolari boʻyicha qarorlarning darhol ijro etilishi
- 570Asosiy tushunchalar
- 571Xodimlarning va ular vakillarining talablar qoʻyishi
- 572Xodimlarning va ular vakillarining talablarini koʻrib chiqish
- 574Jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish komissiyasi tomonidan hal etish (tartibga solish)
- 575Jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish)
- 576Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish)
- 577Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.