Mehnat kodeksi 574-moddasi
Jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish komissiyasi tomonidan hal etish (tartibga solish)
Ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi boshlangan kundan eʼtiboran ikki ish kunigacha boʻlgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda esa jamoaviy mehnat nizosi boshlangan kundan eʼtiboran uch ish kunigacha boʻlgan muddatda yarashtirish komissiyasi tuziladi. Jamoaviy mehnat nizosini ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida hal etish chogʻida yarashtirish komissiyasini tuzish haqidagi qaror ish beruvchining tegishli buyrugʻi (farmoyishi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizolarini hal etish chogʻida yarashtirish komissiyalarini tuzish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli darajadagi ish beruvchilar vakillarining va xodimlar vakillarining tegishli hujjatlari (buyrugʻi, farmoyishi, qarori) bilan rasmiylashtiriladi. Yarashtirish komissiyasi jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillaridan teng asosda shakllantiriladi. Ish beruvchi (ish beruvchilarning vakili) yarashtirish komissiyasining ishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi yarashtirish komissiyasi tomonidan besh ish kunigacha boʻlgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalaridagi jamoaviy mehnat nizosi esa yarashtirish komissiyasini tuzish haqida tegishli hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunigacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Yarashtirish komissiyasining qarori jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuvi asosida qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bu nizo taraflari uchun majburiy kuchga ega hamda yarashtirish komissiyasining qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ijro etiladi. Yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosining taraflari kelishmovchiliklarning bayonnomasini tuzadi va jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida koʻrib chiqish toʻgʻrisida muzokaralarga kirishadi. Agar kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilganidan keyin uch ish kuni ichida jamoaviy mehnat nizosining taraflari muzokaralarga kirishmasa, jamoaviy nizoni mediator ishtirokida koʻrib chiqish haqidagi masala taraflar kelishuvga erishmaganligi sababli olib tashlanadi. Bu holda taraflar nizoni mehnat arbitrajiga koʻrib chiqish uchun topshirish toʻgʻrisidagi muzokaralarga oʻtadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 573. Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari
Keyingi modda →
Modda 575. Jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish)
Qoʻshni moddalar
- 570Asosiy tushunchalar
- 571Xodimlarning va ular vakillarining talablar qoʻyishi
- 572Xodimlarning va ular vakillarining talablarini koʻrib chiqish
- 573Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari
- 575Jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish)
- 576Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish)
- 577Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlari
- 578Jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etuvchi shaxslar uchun kafolatlar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.