Mehnat kodeksi 569-moddasi
Ayrim yakka tartibdagi mehnat nizolari boʻyicha qarorlarning darhol ijro etilishi
Oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni ishga tiklash, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi sud qarori yoxud gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash haqidagi yoxud gʻayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishini berish toʻgʻrisidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organning qarori darhol ijro etilishi lozim. Ish beruvchi tomonidan bunday qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, qarorni qabul qilgan mehnat nizosini koʻrib chiquvchi organ, xodimning murojaatiga koʻra, ajrimning yoki qarorning ijrosi kechiktirilgan butun vaqt uchun xodimga oʻrtacha ish haqini yoki ish haqidagi farqni toʻliq miqdorda toʻlash toʻgʻrisida tegishincha ajrim yoki qaror chiqaradi. Ish beruvchi mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qarorini oʻz vaqtida ijro etmagan taqdirda, gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan yoki gʻayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilgan xodim oʻziga ish beruvchi tomonidan komissiya qarorining ijrosi kechiktirilishi sabab boʻlgan majburiy progulning butun vaqti uchun oʻrtacha ish haqi yoki ish haqidagi farq toʻlanishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli. Mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organning xodimga ish haqini toʻlash, lekin uch oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun toʻlash toʻgʻrisidagi qarori ham darhol ijro etilishi lozim. Sud hujjatlari yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlardan kelib chiquvchi talablarga koʻra bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati daʼvogar xabar qilgan yolgʻon maʼlumotlarga yoki uning tomonidan taqdim etilgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, sud hujjatining qaytarma ijro etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 568. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish
Keyingi modda →
Modda 570. Asosiy tushunchalar
Qoʻshni moddalar
- 565Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
- 566Mehnat nizolari boʻyicha komissiya qarorining ijro etilishi
- 567Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlarning qaroriga binoan toʻlangan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanishi
- 568Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish
- 570Asosiy tushunchalar
- 571Xodimlarning va ular vakillarining talablar qoʻyishi
- 572Xodimlarning va ular vakillarining talablarini koʻrib chiqish
- 573Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.